“PAXTAKOR TEKS” qo’shma korxonasi – xom ashyo sifatida O’zbekistonda etishtiriladigan eng yaxshi paxta navlaridan foydalanilgan holda kalavali ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy, dinamik korxonadir.
Ishlab chiqarish
Toy paxtalarni yumshatish uchun ishlatiladigan innovatsion texnologiyalar, paxta titish bo`limidagi samaradorlikni kafolatlaydi. Uskunalarni tanlashda, maksimal ishlash uchun mo’ljallangan, ishonchli, oson ishlaydigan mashinalarga e’tibor qaratiladi.
Ipni yigirish sifatiga xom-ashyolar va yigiruv mashinalar imkoniyatlaridan tashqari, birinchi navbatda, mutaxassislarning ishlari ta’sir ko`rsatadi. “PAXTAKOR TEKS” korxonasida o’z ishini mukammal biladigan va tegishli xalqaro talablarga javob beruvchi tajribali va malakali mutaxassislar faoliyat ko`rsatadi. Bularning barchasi birgalikda maksimal ishlab chiqarishda tolaning yuqori darajali sifatiga erishishga va sifatini saqlab qolishga imkon beradi.
“PAXTAKOR-TEKS” QK MChJ “To’qimachilik sanoati yetakchiarining eng yuqori 10taligiga kiradi.