“PAXTAKOR TEKS” qo’shma korxonasi – xom ashyo sifatida O’zbekistonda etishtiriladigan eng yaxshi paxta navlaridan foydalanilgan holda kalavali ip ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zamonaviy, dinamik korxonadir.
Ishlab chiqarish
Toy paxtalarni yumshatish uchun ishlatiladigan innovatsion texnologiyalar, paxta titish bo`limidagi samaradorlikni kafolatlaydi. Uskunalarni tanlashda, maksimal ishlash uchun mo’ljallangan, ishonchli, oson ishlaydigan mashinalarga e’tibor qaratiladi.
Ipni yigirish sifatiga xom-ashyolar va yigiruv mashinalar imkoniyatlaridan tashqari, birinchi navbatda, mutaxassislarning ishlari ta’sir ko`rsatadi. “PAXTAKOR TEKS” korxonasida o’z ishini mukammal biladigan va tegishli xalqaro talablarga javob beruvchi tajribali va malakali mutaxassislar faoliyat ko`rsatadi. Bularning barchasi birgalikda maksimal ishlab chiqarishda tolaning yuqori darajali sifatiga erishishga va sifatini saqlab qolishga imkon beradi.
Oxirgi bosqichda yuqori sifatli mahsulotlarga ega bo’lish uchun yuqori sifat va samaradorlikni ta’minlaydigan “MURATA Process Coner II QPRO Plus” avtomatik kalavalash mashinasi qo’llaniladi. Yaxshilangan va turli xil qulay opsiyalarga ega bo`lgan ushbu model eng talabchan mijozlarni ham ehtiyojlarini to’liq qondirishga imkon beradi. Ixtisoslashgan mashina kalavaga ipni boshidan oxirigacha o`rash jarayonining barqarorligini ta’minlaydi, maxsus kompyuter modul yordamida g’altakdan o`ramgacha bo’lgan ipni darhol qaytarib tortish o’rnatilgan. Sifatni ta’minlash uchun mashinada sifatni boshqarish tizimi – “Uster Quantum3” ishlatiladi
Laboratoriya
Bizning ishlab chiqarish laboratoriyalarida to’qimachilik sinovlari va sifat nazorati sohasidagi dunyodagi yetakchi- “Uster Technologies” uskunasidan foydalaniladi.
“USTER® JOSSI VISION SHIELD 2” va “USTER® QUANTUM 3” sinalgan texnologiyasi ipga ishlov berishning oxirgi ikkita jarayonida begona moddalarni bartaraf etadi. “Uster Technologies”- bu maskur integratsiya yechimning yagona ta’minlovchisidir. “USTER® JOSSI VISION SHIELD 2” ishonchliligi hal qiluvchi omil bo’lib, qo`llash muddati davomida yuqori sifatli konstruksiyasi va ishonchli dasturiy ta’minoti bilan yuqori samaradorlikni taminlaydi.
“Uster Tester 6” eng yangi yechimi – yigiruv fabrikasining mutlaqo barcha jarayonlarini qamrab oladi va yigiruv fabrikasining yuqori sifatli ishlab chiqarishini boshqarish uchun muhim qadamdir. “Uster Tester 6” mutloq yangi “Total Testing Center” ni yaratish imkoniyati bilan birga sifat boshqaruvi uchun eng muhim vosita bo`lgan “Uster Quality Expert”ni o’z ichiga oladi. “Uster Tester 6” yordamida aniq laboratoriya natijalari to’liq sinovi uchun boshlang’ich nuqtadir. Ushbu ma’lumotlar tegirmon ishlab chiqarishni 100% nazorat qiluvchi, ipni tozalash vositalaridan olingan real vaqtdagi ma’lumotlar bilan birlashtiriladi.